Музыкального образования

Musiqiy ta`lim  kafedrasi tarixi

 

Musiqiy ta`lim kafedrasi N.D.P.I. Rektori buyrug`i bilan 1991-yil «Maktabgacha ta`lim tarbiya fakul`tetida «Musiqiy tarbiya» kafedrasi bo`lib ochildi. Kafedra mudiri lavozimida  Respublika Berdaq nomidagi sovrin laureati katta o`qituvchi Saparbay Palo`anov tasdiqlandi. Kafedra tarkibiga Saparbay Palo`anovning raxbarligida oliy ma`lumotli, mutaxassis pedagog xodimlarni konkurs asosida ishga olindi. Kafedrada    S. Medetov,  D. Aysina, M. Berdibekov,  S. Kenjebaevalar musiqa yo`nalishi bo`yicha 17 talabaga ta`lim berdi. SHu vaqtlari  institut  yoshlariorasida  J.Bazarbaev sheriga,  S.Palo`anov musiqasi bilan «Talabalar  marshi» nomli xori institut gimniga aylandi.

1992 – yili talabalar sonining ko`payishi munosabati bilan matbuatda elon qiligan konkurs asosida shu yilning  7-oktyabridan boshlab  kafedraga I.Jumaniyazov, G`. Amaniyazov, K.Asqarov, E.Tleo`ov, T.Eshbaev, Q.Ayekeev, S.Tajetdinovalar va  kabinet mudiri etib G.Urazbaeva ishga olindi. 26-sentyabr` 1993  yili «Musiqiy tarbiya» kafedrasidan «Musiqa cholg`ulari» kafedrasi  bo`linib chiqdi va kafedra mudiri lavozimiga katta o`qituvchi Qaraqalpog`istonga ximat ko`rsatgan san`at  arbobi Kөshkinbay Asqarov tasdiqlandi.

1994-yili, 3-dekabrda «Musiqa nazariyasi va vokal» kafedrasi  oshildi va kafedra mudiri  lavozimiga katta  o`qituvchi G`anibay Amaniyazov tasdiqlandi. 1995-yili sentyabr` oyida Saparbay Palo`anovning boshqa ishga o`tishi munosabati bilan «Xor dirijerligi» kafedrasi mudiri lavozimini shu kafedraning katta o`qituvchisi Sof`ya Tajetdinova  vaqtincha vazifasini bajardi. 1996 – 1997 o`quv yilida «Musiqa  nazariyasi va vokal» kafedrasi «Xor dirijerligi» kafedrasi bilan biriktirilgan,  «Musiqa  nazariyasi va xor dirijerligi» kafedrasi bo`lib ataldi va kafedra mudiri etib G`anibay Amaniyazov tasdiqlandi. 20- avgust 2001-yildan boshlab  «CHolg`u asboblari» kafedrasini “Qoraqalpog`istonga xizmat ko`rsatgan madaniyat  xodimi”, katta o`qituvchi Tanzip Esirkepov  raxbarlik qildi. 8-avgust 2003-yildan boshlab «CHolg`u asboblari» kafedrasiga Qoraqalpog`istonga xizmat  ko`rsatgan   san`at  arbobi katta  o`qituvchi Nurman Musaev  raxbarlik etdi. 1-dekabr` 2004-yildan boshlab «CHolg`u asboblari» kafedrasi “Qoraqalpog`istonga xizmat ko`rsatgan  san`at arbobi” dotsent Kөshkinbay Askarovga kafedra mudiri lavozimiga qayta tiklangan.

Institut Rektorining 9-Avgust, 2005–yildagi № 282 N/2 sonli buyrug`i  asosida «CHolg`u asboblari» va «Musiqa nazariyasi va vokal» kafedralarining birlashuvi natijasida, 2005-yildan 10-avgustidan boshlab «Musiqiy  ta`lim» kafedrasi bo`lib kafedra mudiri lavozimiga kafedra dotsenti Iskander Jumaniyazov tasdiqlandi. 2013 – yil 30 – avgust oyidan boshlab  «Musiqiy  ta`lim» kafedrasini vaqtincha vazifasini  bajaruvchi  lavozimiga katta o`qituvchi Sof`ya Tajetdinova tasdiqlandi.

Hozirgi vaqtda «Musiqiy ta`lim» kafedrasida  3 dotsent, 1 fan nomzodi, 2 katta o`qituvchi, 4 assistent o`qituvchi ta`lim berib kelmoqda. Ular: C.Tajetdinova, D.Allanazarov, I.Jumaniyazov, S.Romanova S.Kenjebaeva, A.Nadirovalar  talaba yoshlarga ta`lim va tarbiya berib kelmoqda.

 

Man`aviy –ma`rifiy ishlar

YOshlarga milliy g`oyani siңdirishda folklorni,  xalq urf-odatlari, an`analari milliy xalq kuylari o`rganish orqali  milliy madaniy ma`rifiy  merosini chakllantirish  uchun  yoshlarni  erkin ijodga yo`naltirib ularda ijrochilik qobiliyatini  rivojlantirish va ularni targ`ib qilish ishlari bo`icha ishlar olib borildi. Jumlada: Respublika va  institut miqyosida o`tkazilgan «Mustaqillik», «Bilimlar bayrami», «1- oktyabr` ustozlar va murabiylar kuni», «8-dekabr` O`zbekiston Respublikasi         Konstitutsiyasi kuni», «YAngi yil»,               «14-yanvar` Vatan ximoyachilar kuni», «8-mart Xalqaro  Xotin-qizlar kuni»  va  «Umum xalq  Navro`z» bayramlarida raxbarlik etib va yo`nalish talabalari o`zlarining kontsert    dasturlari bilan muntazam qatnashib kelmoqda. SHuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlari aro o`tkazilgan  barcha kurik tanlovlarda  sovrinli  o`rinlarni oldi. 1998-1999-yilida Toshkent shaxrida o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarining «Qувноqлар ва зубколар»  musobaqasida institutimizning «Turon»  jamoati tashkil etildi. Kafedra kata o`qituvchisi A.Allanovning saxnalashtirgan kompozitsiyasi 2-o`rinni oldi, «Umir daryosi» nomli spektakli 2002-yili «Nixol-2002»  talabalar teatri  festivalida  laureat  diplomini olishga erishdi, 2004- yili «O`zga planetadagi etti kun» nomli spektakli bilan 2-urini egalladi, 2005-yili «Xazina 2005» O`zbek fol`klori va urf-odatlar festivalida  institutimizning «Qiz uzatuv» nomli saxnali kurinishi 2-o`rinni oldi, 2009 – yili Xalq ta`lim vazirligi tamonidan Navoyi shaxrida o`tkazilgan « Eng  yaxshi fol`klor jamoati» nomli kurik-tanlovida 2-o`rinni olishga sazovor bo`ldi. Kafedra talabalari 2004-yili O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv o`rinlarining «O`zbekiston qo`shiqlar bayrami» kurik-tanlovining  g`olibi bo`ldi. Mutaxassisligimiz talabalaridan 2008-yili Xalq ta`limi vazirligi tamonidan o`tkazilgan «Diyorim taronalari» ko`rik-tanlovida 3-kurs talabalasi Utemuratova Elenora «eng yaxshi yakkaxon ijrochisi uchun»  nosminatsisining g`olibi, 2009- yili Navoiy  shaxrida o`tkazilgan «Eng yaxshi fol`kor jamoati»  nomli ko`rik-tanlovida 1-kurs talabalasi  Allaniyazova Urxiya «Eng yaxshi  laparchi» nominatsiyasi yutib oldi. Kafedra o`qituvchisi Aygul Nadirova O`zbekiston Respublikasi miqyosida o`tkazilgan kontsert dasturlari qatnashuvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Iqtidorli talabalar

 

Talabalarimiz har yili «Vatan haqida kuylaymiz», «Kelajak ovozi» ko`rik tanlovi  iqtidorli  talabalar Toshkent shahrida o`tkazilgan fan olimpiadasi va bir qancha mehnatlari, institut miqyosida o`tkaziladigan ilmiy, ilmiy-amaliy konferentsiyalarga qatnashib bir qancha ilmiy mehnatlari nashr betlarida chop etilib kelmoqda.

Musiqa ta`limi bakalavr yo`nalishi talabalaridan YUsupov Ruslan, Abdijamilova Perizat, Atajanov Radjiv, Tleo`ov Nao`riz, Akimbaev Orinbay, Perdebaev Bayram, Respublika miqyosida o`tkazib kelayotgan kontsertlarda va ko`rik tanlovlarda qatnashib kelmoqda.

Tleo`ov Nao`riz Reschpublikada o`tkazilgan «YAgonasan, muqaddas Vatan!» ko`rik tanlovi diplomati bo`ldi. Sattorov Atajan, Ismoilov Elyorlar har yili Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag`ishlangan «Nafosat bo`stonim mening!» ko`rik tanlovi maqtov yorliqlari bilan tag`dirlanib kelindi. SHuningdek, G`.Bekturg`anova  2013-yili 12- dekabrda o`tkazilgan xalq artisti Ayimxan SHomuratova xurmatiga bag`ishlangan ko`rik tanlovida sovrinli o`rinlarni egallab bordi.

O`zbekiston Ruspublikasi miqyosida oliy o`ktlari orasida o`tkazilgan «YUqori ma`naviyatli avlod» festivalida 1–o`rinlarni egallab belgili o`rinlarga ega bo`ldi. Talabalarning ilmiy ijodiy va o`quv metodik ishlarinini takomillashtirish maqsadida kafedrada «Qo`shiq va sәz atqario`» to`garagi tashkil etilgan. Bu to`garakka dotsen D.Allanazarov va B.Qalmenov boshchiligida faoliyat olib bordi. Kafedra qoshidagi «Bo`lajak musiqa o`qituvchilari» atamasidagi ilmiy to`garakka p.f.n. S.Romanova boshchilik etib, iktidorli talabalar bilan faoliyat olib bormoqda.

Iqtidorli talabalar ilmiy ishlardan tashqari Respublika va qo`shni davlatlar  xalqaro musiqa festivallarida yuqori o`rinlarni egallab Vatanimiz ravnaqini yuqoriga olib chiqmoqda. Bular Ziynatdin Nuratdinov, Nurmuxan Jubatxanovlarni atab o`tish o`rinli.

Ilmiy ishlar

 

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarida yo`lga qo`yilgan. SHuningdek, kafedra professor-o`qituvchilar orasida tarix fanlari nomzodi darajasini P.Palo`aniyazov, G.Xojametova, pedagogika fanlari nomzodi darajasini S.Romanova, S.Saytbekova, filologiya fanlari nomzodi A Saburova va dotsent unvonini olgan G`.Amaniyazov, D.Allanazarov, I.Jumaniyazov, S.Tajetdinovalar olishga erishdi.

Kafedra professor-o`qituvchilar tomonidan 23yil davomida ko`plagan ilmiy mehnatlari mavjud. Ularning umumta`lim maktablari uchun musiqa fanidan darsliklar, o`quv qo`llanmalar va pedagogika instituti talablari uchun o`quv qo`llanmalar bosmada chop ettirilib bugungi kunda dars jarayonida qo`llanib kelinmoqda. SHuningdek, kafedra professori G`.Amaniyazov tomonidan 1 sinfdan 5 sinfgacha «Musiqa madaniyati» darsligi va 1-sinf va 2-sinf uchun «Musiqa» metodik qo`llanmasi dotsent S.Tajetjinova bilan birgalikda 3 sinf «Musiqa» metodik qo`llanmani G.Ulfetova bilan birgalikda tayyorlab bosmada chop etildi.

Dotsent D.Allanazarov 2002-yili «Qaraqalpaq xaliq sazlari» atamasidagi o`quv qo`llanmasi, 2004–yili «Qoraqalpoq sazlari» (dutor) qo`llanmasi, 2005–yili  «Altin miyras» atamasidagi o`quv qo`llanmasi bosmada chop etildi. Kafedra mudiri dotsent S.Tajetdinova va katta o`qituvchi G.Ulfetovalar hamkorlikda 2005 yil «Muzika mәdeniyati» darsligi 7–sinf uchun «Bilim» nashriyotidan va 2008–yili Toshkent shahrida G`.G`ulom nomidagi nashriyot ijodiy uyidan 7–sinf uchun «Muzika» darsligi nashrdan chiqdi. 2006 yili kafedra assistent o`qituvchisi B.Qalmenovning «Muzikaliq tәlim texnologiyalari» nomli metodik qo`llanmasi nashrdan chiqardi. SHuningdek t.f.n. G.Xojametova va S.Saytbekovalar o`z ilmiy ishlariga xos monografiyasini nashr ettirishdi. 2008 yili dotsent I.Jumanoyazov, B.Qalmenov, Q.Bo`ribaevlarning muallifligida «Sәz әsbaplarin үyretio`» metodik qo`llanma, 2008–yili F.Sultanova va S.Dosaxovlarning hammuallifligida «Boshlang`ich sinflarda vokal xor asarlarini rivojlantirish» atamadagi metodik qo`llanmasibosmadan chop etildi. 2009 yili I.Jumaniyazovning «CHang asbobini mustaqil ijro etishga o`rgatish usullari»  metodik qo`llanmasi nashr qilindi.

Pedagogika instituti musiqa ta`limi bakalavr yo`nalishi talabalari uchun dotsent S.Tajetdinova muallifida  pedagogika  instituti muzsiqa ta`limi bakalavr  yo`nalishi uchun dotsent S.Tajetdinova avtorligida 2011-yili «Dirijyorlik» o`quv qo`llanmasi, 2012 yili «Xor» o`quv qo`llanma, 2013 yili   “Xor aranjirovkasi” o`quv metodik qo`llanmalari nashr etildi.

S.Tajetdinovaning mas`ul muharrirligida 2017-yili Toshkent G`.G`ulom nashriyoti ijodiy uyida 1-4 sinflar uchun «Muzika» darsligi chop etildi.

«Muzika» dotsen D.Allanazarov, dotsent I.Jumaniyazov, katta o`qituvchi B.Qalmenovlar hammualifligida «Milliy alamoynaq duo`tar sәzendeligi» darsligi 1-sinf musiqa maktablari uchun, 2,3,4,5- sinflar uchun dotsent D.Allanazarovning yakka muallifligida  2013 yilida nashrdan chop ettirildi.

P.f.n.S.Romanova va p.f.n. S.Saytbekovalar tomonidan 2000,  2002, 2005, 2009, 2011yillari oralig`ida musiqa ta`limini takomillashtirish maqsadida metodik qo`llanmalari nashrdan chiqdi.

 

Bitiruvchilar

«Musiqiy ta`lim» yo`nalishi bitiruvchilari Qoraqalpog`iston Respublikasi ta`lim yo`nalishida yosh avlodni tarbiyalash borasida faol ish olib  borish bilan birga  jamoa ishlarida  o`zlarini  ko`rsatib kelmoqda. Ulardan  Murat Atamuratov 2007-2009-yilllari  O`zbekiston Respublikasi «Kamolot» yo.i.x Qoraqalpog`iston  Kengashi  raxbari lavozimida ishlagan  jirov Baxtiyar Esemuratov «Әmio` tolqini» ansamblining direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

2013-yil dekabr` oyida kafedramiz katta  o`qituvchisi A.B.Nadirova «O`zbekistonga xizmat ko`rsatgan artist» mukofotiga sazovar bo`ldi.

Hozirgi  vaqtda xalqimizning sevimli artistlari «Qoraqalpog`iston xalq baqshisi» Ziyada SHaripova, «Qoraqalpog`istanga xizmat ko`rsatgan artist» Baxtiyar Esemuratov, Rinat Rajapov, (marxum) Rashid Xojasov, «Qoraqalpog`istonga xizmat ko`rsatgan madaniyat  xodimi» Karamatdin Xitjanov, shuningdek iqtidorli xonandalar Bayram Perdebaev, Miratdin Abdullaev, Ulug`bek hәm Radjiv Atajanovlar, Ruslan YUsupov, Turdimurat Tleo`muratov, G`umshagүl Bekturg`anova, Gao`xar Aytjanova shu kafedrada ta`lim olganligi kafedramiz tarixidagi  quvonarli xodisa xisoblanadi. Hozirgi vaqda Qoraqalpog`istonga xizmat ko`rsatgan artist Gulnigar Sapaeva, Ziynatdin Nuratdinov, Nurmuxan Jubatqanov, Arepbay Allaniyazov, Daniyar Ismailov, Berdaq Ismetullaev, Madiyar Bekpolatov, CHapaeva Dәmexan, Ulbosin Abatbaevalar  iqtidorli  yoshlar bilim olmoqda.  Iqtidorli va ziyrak talabalar musiqa madaniyati soxasida Respublika  miqyosida o`tkazilgan ko`rik tanloviga qatnashib  sovrinli o`rinlarni  egallab kelmoqda.

3-kurs talabasi Nurmuxan Jubatqanov 2017-yili may oyida Tashkent  shahrida o`tkazilgan «Qozoq-O`zbek xalqining mangu do`stligi» nomli Xalqaro festivalda qatnashdi.

2017-yil sentyabr` oyinda Qozog`iston Respublikasining Astana  shaxrida o`tkazilgan «The Spirit of-I-Kipchak» nomli Xalqaro konkursta 2-o`rinni egalladi.

3-kurs talabasi Ziynatdin Nuratdinov 2017-yili 28-31 oktyabr` kunlari Qozog`iston Respublikasining Almati shaxrida o`tkazilgan Xalqaro «BRAVISSIMO» tanlovida 1-o`rinni egalladi.

2017-jili 19-dekabr` kuni o`tkazilgan Respublika miqyosida Oliy o`quv yurtlari talabalari orasida o`tkazilgan «Yosh kitobxonlar» Respublika ko`rik tanlovida « Asarlardan yaralgan navolar» nominatsiyasida I-o`rinni egalladi.