NukusDPIda mashhur tadbirkor Hasan Mamasaidov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Shu yilning 19-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dekos” kompaniyasi va “MFaktor” loyihasi asoschisi sifatida xalqimizga tanish boʻlgan tadbirkor Hasan Mamasaidov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institut maʼmuriyati vakillari, yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Quvondiq Qodirov soʻzga chiqib, tadbirkor Hasan Mamasaidov tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning ahamiyati, shuningdek, uning “Biznes marafon” loyihasida muntazam ravishda spikerlik qilib, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yoʻnalishidagi ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berd iva mehmonga hurmat koʻrsatib, qoraqalpoqcha chopon sovgʻa qildi.

Uchrashuv davomida tadbirkor oʻzining hayoti va mehnat yoʻli, tadbirkorlikda qoʻygan dastlabki qadami, ish faoliyatida yoʻl qoʻygan xatolari, uchragan qiyinchiliklari, ularni qanday yengib oʻtib, bugungidek darajaga erishgani boʻyicha hayotiy tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Talaba-yoshlar tadbirkorning tashabbuslari va loyihalari borasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Eng yaxshi savol egalariga Hasan Mamasaidov oʻz muallifligidagi “Bu kitob siz uchun emas, balki boʻlajak liderlar uchun…” nomli kitobini sovgʻa qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.