“Kitobxon talaba” loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakultetida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” badiiy asarini muhokama qilish uchun davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatida oʻzbek adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari, yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, asarni oʻqish borasida sogʻlom dunyoqarash shakllanishi, vatanga sadoqat, yurt sogʻinchi, mamlakat kelajagiga daxldorlik, mardlik va jasurlik fazilatlari mustahkamlanadi.
Talabalar asar boʻyicha saxna koʻrinishi, monologlardan parchalar aytib berdi.
Suhbat davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Kelgusi rejaga Chingiz Aytmatovning “Asrga totugulik kun” asarini oʻqish tavsiya etildi.
