Qoraqalpog‘istonlik innovator yoshlar taqdirlandi
Bugun, 24-yanvar kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan «Bo‘lajak olim» ilmiy g‘oyalar tanlovida g‘olib deb topilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, tanlov g‘oliblarini tabrikladi hamda sertifikat va ilmiy loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan pul mablag‘larini topshirdi.
Vazir innovator yoshlarga ilmiy g‘oyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda yuqori natijalarga erishishiga tilakdoshlik bildirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
