Basketbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, «Besh tashabbus olimpiadasi,» «Talabalar ligasi» kabi sport musobaqalari uchun institutning terma jamoasiga zaxira sportchilarni aniqlash maqsadida fakultetlar orasida bir necha sport turlaridan musobaqalar tashkil etilmoqda.
Basketbol bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqa juda qizg‘in tarzda davom etdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar hamda ularning rahbarlariga institut sport klubi tomonidan diplom va medallar topshirildi.
Institutda fakultetlar o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
