Buyuk davlat arbobi, shoir va olim Boburning 542 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi tomonidan atoqli davlat arbobi, mohir sarkarda, buyuk shoir, tarixchi olim sifatida mamlakatimiz va jahon xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan «Vatan sog‘inchida o‘tgan shoir» nomli adabiy kecha tashkil etildi.
Adabiy kechaga O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Hamza Allambergenov, axborot-resurs markazi direktori Guloyim Jiyemuratova, xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva, Maktabgacha ta’lim fakulteti tyutorlari Guljahan Artikova va Uljan Xudaybergenova, shuningdek, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Uning 1494-1529 yillardagi voqealarni o‘z ichiga olgan tarixiy-memuar asari «Boburnoma» va uning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
Adabiy kechada talabalar tomonidan Bobur asarlaridan parchalar o‘qilib, sahna ko‘rinishlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi va musiqiy-badiiy bo‘lim bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
