Fakultetlarda KPI baholash tizimining ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025 yildan boshlab ilmiy-pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy va innovatsion yo‘nalishda ilgari surilgan yuqori maqsadlarga erishishning samaradorligini oshirish maqsadida institut rektori Quvondiq Qodirov tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida KPI (Key Performance Indicators) baholash tizimi joriy etilmoqda.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Muxtor Ibragimov rahbarligida raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan bu borada respublikamiz va xorijdagi ilg‘or oliy o‘quv yurtlarining tajribasi chuqur tahlil qilinib, maxsus platforma ishlab chiqildi va bir necha bor muhokamalar o‘tkazilib, institut Kengashida tasdiqlandi.
O‘tkazilgan seminarlar davomida KPI baholash tizimi bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari ham tinglanib, ular asosida amaliy ishlar olib borish belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, KPI (Key Performance Indicators) baholash tizimi – bu tashkilot yoki kompaniyaning maqsadlariga erishishdagi samaradorligini baholash va kuzatish uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimidir. KPI tizimi yordamida tashkilotlar o‘z faoliyatini baholab, maqsadlarga qanday erishayotganini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.
