Fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ziyoli yoshlar CUP” turniri g‘oliblari taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va intellektual darajasini oshirish maqsadida o‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab haftaning har seshanba kuni fakultetlar o‘rtasida sinxron tarzda “Ziyoli yoshlar CUP” turnirining dastlabki mavsumi o‘tkazildi.
Umumiy 9 turdan iborat bo‘lgan turnirda institutning barcha fakultetlaridan 211 jamoa va 1300 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.
Turnir yakunida:
1-o‘rinni “O‘zbek Lageryoflari” (Turkiy tillar fakulteti);
2-o‘rinni “Alfa” (Fizika-matematika fakulteti);
3-o‘rinni “Mensa” (Turkiy tillar fakulteti);
4-o‘rinni “Pentagon” (Tarix fakulteti) jamoalari egalladi.
G‘olib va sovrindorlar institut rektorati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.
Shuningdek, turnirni tashkil etishda faollik ko‘rsatgan koordinatorlarga tashakkurnomalar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
