NukusDPI talaba-qizlaridan tuzilgan “Ziyoli yoshlar” jamoasi intellektual turnir g‘olibi bo‘ldi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan xotin-qizlardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ahamiyatlisi, unda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-qizlaridan tashkil topgan “Ziyoli yoshlar” jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Hududiy bosqich g‘olibi “Ziyoli yoshlar” jamoasi va sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar turnirning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Biz NukusDPI talaba-qizlarini qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichda omad tilaymiz!