NukusDPI akademik litseyi jamoasi tanlovda 1-o‘rinni egalladi

Poytaxtimizdagi Nukus transport texnikumida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” yili” munosabati bilan o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Siz ekologik qonunlarni bilasizmi?” mavzusidagi tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilar salomnoma, intellektual savol-javob, sahna ko‘rinishi, ekologiya bo‘yicha loyiha ishlab chiqish kabi shartlar asosida o‘zlarining ekologik bilim va ko‘nikmalarini, sahna mahoratini, topqirligi va zukkoligini namoyish etishga harakat qildi.

Quvonarlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining iqtidorli o‘quvchi-yoshlaridan tashkil topgan “Qoratol” jamoasi barcha shartlar bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatib, 1-o‘rinni egalladi va tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘olibi sifatida respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Akademik litsey o‘quvchilarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, respublika bosqichida omad tilaymiz!