Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: | Utebaev T.T |
| [icon name=»envelope-o» class=»» unprefixed_class=»»] e-mail: |
t.utebaev@ndpi.uz |
|
| [icon name=»phone» class=»» unprefixed_class=»»] tel.: | (+998-90) 574-84-97 |
Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi
Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi o`zining boy tarixiga ega. Kafedra «Pedagogika», «Pedagogika va psixologiya», «Umumiy pedagogika», «Umumiy pedagogika va psixologiya» kafedrasi deb nomlangan. “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi 1934 yilda tashkil etilgan. Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasini tashkillashtirishda professorlar Ya.M.Dosumov, J.A.Orinbaev, docent A.G.Timasheva va boshqalar ishtirok etdilar. 1935 yilda kafedrani docent N.D.Shepkina boshqargan. 1956 yildan 1960 yilgacha kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, docent A.B.Bekbasov, 1960 yildan 1967 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, docent R.G.Timasheva, 1967 yildan 1973 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, professor J.Orinbaev boshqargan. 1990 yilda Nukis davlat pedagogika instituti qayta tashkil etilgandan soʻng pedagogika faniga alohida eʼtibor qaratildi. Shu yili institutta “ Pedagogika va psixologiya” fakultetaro kafedrasi tashkil etildi va 1994 yilga qadar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sultamuratov boshqargan. 1994 yildan 1997 yilgacha professor U. Aleuov boshqardi Ushbu davrdan boshlab kafedraning ilmiy- pedagogik salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi Ushbu kafedrani quyidagilar boshqargan: – 1997 yildan 1999 yilgacha kafedrasi pedagogika fanlari nomzodi, docent I.Alaniyazov; – 1999 yildan 2007 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, docent U.Seytjanova; – 2007 yildan 2017 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi P.Berdanova boshqardi. Ayni paytda kafedrani pedagogika fanlari doktori, professor T.Utebaev boshqarmoqda Kafedra professor-o`qituvchilari institutining barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalarga umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, inklyuziv taʼlim. Gospital pedagogika fanlaridan dars bermoqda. Kafedrada jami 27 ta professor-o`qituvchi bo`lib, jumladan 3 ta professor , 4 ta docent, 7 ta katta oʻqituvchi, 9 ta assistent va 1 nafar stajyor oʻqituvchi faoliyat koʻrsatmoqda. 2024 yil 4 oktyabrda kafedra docenti G.Bekimbetova «Maktablarda qoraqalpoq tilini oʻqitish mexanizmini takomillashtirish » mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi. Oliy taʼlim muassasasida Oʻzbekiston Respublikasining «Taʼlim berish toʻgʻrisida»gi qonunini amalga oshirish boʻyicha oʻqitishning kompleks tizimi, yaʼni sogʻlom, zamonaviy fikrga ega yosh avlodni shakllantirishda kafedra professor-oʻqituvchilarining qoʻshgan hissasi kata. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-sonli » Oʻzbekiston Respublikasida chet tillarni oʻrganish sifatini yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida » gi qaroriga muvofiq 1 nafar oʻqituvchi chet tilini bilish tartibi boʻyicha C1 sertifikatiga ega boʻldi

2024 yil 15 iyundan 17 iyulgacha boʻlgan davrda dunyo reytingidagi TOP-200 reytingida oʻz oʻrnini topgan Qozogʻistonning Al-Farabiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetida professor A.Pazilov malaka oshirib keldi. 2025 yil yanvar-fevral oylarida kafedra professor-oʻqituvchilari T.Utebaev, K.Kenjebaeva, T.Esemuratova, G.Babasheva, A.Temirbekova , A.Dosxodjaevalar ushbu Al-Farabiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetida malaka oshirib, Pedagogika kafedrasi o`qituvchilari bilan hamkorlida darslik, oʻquv qoʻllanmalari, Xirsh (h-indeks) indeksi darajasini oshirish, Web of Science platforması va impakt faktorı yoqari jurnallarida maqola chop ettirishni rejalashtirdilar.

Ayni paytda kafedraning ilmiy mavzusi «Qoraqalpog`istonda uzluksiz ta`lim va pedagogik g’oyalar tarixi» deb nomlanib institutning bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga dars jarayonida pedagogika fanining dolzarb masalalari va pedagogik g’oyalar tarixini o’rganishga e`tibor qaratilmoqda. 2024 yil mobaynida kafedraning professor-oʻqituvchilari tomonidan 6 ta darslik, 1 ta monografiya va 42 ta maqola chop etildi .


