Mini futbol bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi”, “Universiada” kabi sport musobaqalariga zaxira sportchilarni aniqlash hamda yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida institut sport klubi tomonidan sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Mini futbol bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada barcha fakultetlarning erkak talabalaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi.
Qizg‘in ruhda o‘tgan musobaqa yakunida:
1-o‘rinni – Turkiy tillar fakulteti;
2-o‘rinni – Tabiiy fanlar fakulteti;
3-o‘rinni – Fizika-matematika fakulteti jamoalari egalladi.
G‘olib va sovrindorlar institut sport klubi tomonidan diplom, medal hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Institutda sport musobaqalari davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
