NukusDPIda “Jo‘xori gurtik kuni”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 25-fevral – Jo‘xori gurtik kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.
Institutning 1-sonli talabalar turar joyida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan pedagog-tarbiyachi Muhabbat opa Abdimuratova rahbarligida “Jo‘xori gurtik festivali” tashkil etildi.
Festivalda barcha fakultetlarning talaba-qizlari qoraqalpoq xalqining milliy taomi hisoblangan jo‘xori gurtik tayyorlash bo‘yicha o‘zlarining pazandalik mahoratlarini namoyish etishga harakat qilishdi.
– Bu chinakam do‘stlik festivaliga aylandi, desam, adashmagan bo‘laman. Chunki, yotoqxonamizda 576 talaba-qiz yashaydi. Ular orasida o‘ndan ortiq millat vakillari bor. Bugun ular jo‘xori gurtik tayyorlash uchun to‘planib, hamjihatlikda taom tayyorladi. Albatta, bu yoshlarimizga yuqori ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi, – deydi pedagog-tarbiyachi Muhabbat opa.
Festival yakunida barcha ishtirokchilarga institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
