Sport fanlari kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: | Professor Niyazov Asqarbay Tolıbaevich |
e-mail: | +998936117007 | |
tel.: | niazovaskar30@gmail.com |
Kafedra tarixi:
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining 2022-yil 30-oktyabrdagi 3-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Institutning tuzilmasi va Jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.Utepbergenovning taklifiga asosan 2023-yil 6-aprel №77 D1-sonli buyrug‘i bilan Jismoniy madaniyat tarkibida «Jismoniy tarbiya» kafedrasi negizida «Sport fanlari» kafedrasi tashkil etildi va «Sport fanlari» kafedrasi mudiri lavozimi professor A.Niyozovga yuklatildi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
«Sport fanlari» kafedrasi tarkibida hozirgi kunda 20 professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ulardan 2 professor, 2 dotsent, 8 katta o‘qituvchi va 8 assistent o‘qituvchilar talabalarga mukammal bilim berib kelmoqda. Sport fanlari kafedrasi tashkil etilganidan buyon qisqa vaqt oralig‘ida professor-o‘qituvchilar tomonidan: 1 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq OAK tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etildi, shu jumladan 5 ta maqola Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan..
Sport fanlari kafedrasidagi sport to‘garaklari:
«Sport fanlari» kafedrasi qoshida 2023-2024-o‘quv yilida sport to‘garaklari tashkil etilgan.«Voleybol», «Qo‘l to‘pi », «Futbol», «Basketbol» – Ushbu sport to‘garaklariga kafedra professor o‘qituvchilari raxbarlik qilib, hozirgi kunda to‘garak a‘zolari sport turlari bo‘yicha Universiyada sport musobaqalari va O‘zbekiston miqiyosida o‘tkaziliyotgan sport musobaqalariga faol qatnashib yuqori o`rinlarni egallab kelmoqda.