NukusDPI talabasi Norbek Alimov respublikamiz terma jamoasi a’zosi bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Norbek Alimov para taekvondo sport turi bilan 3 yildan buyon muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
U shu kungacha Qoraqalpog‘iston chempionatida 2-o‘rinni, O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni egalladi.
Quvonarlisi, institutimiz talabasi Norbek Alimov para sportdagi shunday yuqori natijalari bilan para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘ldi.
– Kelgusida jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga hilpiratish – asosiy maqsadim, – deydi Norbek.
Uning kelgusi o‘qishi va sportchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
