Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tanlov tashkil etildi

Bugun, 5-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakultetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Bahor malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Lizaxan Ibragimovaning tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovga 1- va 2-kurs talaba-qizlaridan ikki talabadan ishtirok etdi.

Tanlovda ishtirokchilar salomnoma, salat tayyorlash, erkin mavzu kabi shartlar asosida o‘zlarining bilimi, epchilligi, ziyrakligi, pazandalik mahorati va qobiliyatini ko‘rsatishga harakat qildi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga, shuningdek, fidoyi professor-o‘qituvchilar va mutaxassis xodimalarga bayram sovg‘alari topshirildi.

Institutda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.