Rektor tabrigi

Assalomu alaykum, aziz ayollar – mehribon onalar, hurmatli opa-singillar!
Ona tabiat o‘zgacha go‘zallikka burkanayotgan, yangilanish va yasharish manbai bo‘lgan bahor ayyomining bugungidek ajoyib damlarida Sizlarni va Sizlar orqali barcha yaqinlaringizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Dunyoda baxtli hayot kechirish uchun zamin yaratadigan, farzandlarimizni buyuk insonlar etib tarbiyalaydigan, oilalar mustahkamligini ta’minlaydigan, biz uchun muhabbat, sadoqat va vafo timsoliga aylangan – bu, albatta, Sizlar bo‘lasiz!
Hayot so‘qmoqlarida qanday og‘ir sinov va muammolarga duch kelsak ham, ularni yengib o‘tish uchun ruhimizni ko‘tarib, kuchimizga – kuch, g‘ayratimizga – g‘ayrat qo‘shadigan insonlar ham aynan xotin-qizlardir.
Shuning uchun ham, buyuk mutafakkirlar ayol-qizlarni farishtaga o‘xshatadi.
Biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarga erishish yo‘lida, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan, Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonning har tomonlama taraqqiyoti uchun fidokorona xizmat qiladigan kelajak avlodlar ta’lim-tarbiyasi kabi ezgu ishlarimizda xotin-qizlarimizning munosib hissasi va ajralmas o‘rni borligini alohida ta’kidlaymiz.
Bugun jamiyatimizda barcha sohalarda faollik ko‘rsatayotgan Sizlar kabi fidoyi insonlarga ta’zim qilib, mustahkam sog‘liq, ishlaringizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga omonlik, fayzu baraka, baxtli va mazmunli umr tilayman!
Cheksiz hurmat ila,
Quvondiq Qodirov,
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori.