NukusDPI jamoasi va talaba-yoshlari Navro‘z saylida

Bugun, 20-mart kuni poytaxtimiz Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri yonida va “Do‘stlik” kanali bo‘yida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida umumxalq Navro‘z sayli va teatrlashtirilgan adabiy-musiqiy xoreografik bayram tomoshalari bo‘lib o‘tdi.
Bayram saylida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.
“Do‘stlik” kanali bo‘yida qorauy tikilib, atrofida ko‘rgazmalar tashkil etildi va turli millatlarning milliy qo‘shiqlari, raqslari ijro etildi.
Fotosuratlar muallifi: Islam Matekov,
NukusDPI matbuot kotibi.
