Ellikqal’a pedagogika fakulteti dekani tayinlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i asosida Asamaddinov Ergash Allambergenovich Ellikqal’a pedagogika fakultetining dekani etib tayinlandi.
Bugun, 22-mart kuni fakultetda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi tayinlangan dekan jamoaga tanishtirildi.
Tadbirda Ellikqal’a tumani hokimi Valijon Niyazimbetov, institut rektori Quvondiq Qodirov, faxriy professor-o‘qituvchilar, fakultet jamoasi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarning oliy ta’lim olishi va kasb-hunar sirlarini egallashi, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritilib, kelajak avlod ta’lim-tarbiyasida professor-o‘qituvchilar va fidoyi mutaxassislarning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Asamaddinov Ergash Allambergenovich tayinlovga qadar institutning ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
