Yoshlar o‘rtasida ilmiy-innovatsion tanlovlar o‘tkazilmoqda

Bugun, 25-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida “Eng yaxshi muhandis”, “Eng yaxshi texnolog”, “Eng yaxshi ixtirochi”, “Eng yaxshi IT loyiha” yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovlarga start berildi.
Mazkur tanlovlarda institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar va yosh olimlar ishtirok etmoqda.
Tanlovlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – iqtidorli, innovator yoshlarni aniqlash, ularning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish hamda respublikamizning ilmiy-texnik bazalariga taqdim etish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan talabalar quyidagi miqdorlarda moddiy rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
2-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari;
3-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 1 baravari.
Tanlov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
