Yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimiz targ‘ib qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida “Milliy qadriyatlar oyligi” doirasida Turkiy tillar fakulteti tyutori X.Xudaybergenova rahbarligida milliy urf-odatlarni yoshlar orasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan bayram kechasi tashkil etildi.
Yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, ularning ma’naviy mohiyatini anglash va kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida o‘tkazilgan kechada fakultetning qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
Bayram tadbirida talabalar ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlar, milliy urf-odat va an’analar – qiz-yigitlar aytishuvi, haujar, kelin salomlarni sahnalashtirib, milliy raqslar va qo‘shiqlar ijro etildi.
Shu bilan birga, kecha davomida talabalar turli milliy taomlarni tayyorlab, o‘zlarining pazandalik mahoratlarini namoyish etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
