Xushxabar! NukusDPI “Renessans yoshlari” jamoasi “Ma’rifat maydoni” tanlovining g‘olibi bo‘ldi

Bugun, 26-mart kuni poytaxtimiz Nukus shahrida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida respublika “Ma’rifat maydoni” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob” va “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Renessans yoshlari” jamoasi 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘ldi va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadida tashkil etildi.
Institutimiz yoshlariga tanlovning keyingi bosqichida omad tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
