NukusDPIda sumalak sayli bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari boshlandi.

Bugun, 27-mart kuni institutning xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 1-sonli talabalar turar joyi oldida bayram sayli tashkil etildi.

Tadbir doirasida xotin-qizlar maslahatchilari va faollari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar birgalikda Navro‘z taomi – sumalak qaynatib, bayram tilaklarini tiladi.

Institutning iqtidorli talabalari ijrosidagi konsert dasturi ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

NukusDPI matbuot xizmati.