Institut rektori sayil ishtirokchilarini qutladi

Avval xabar berganimizdek, 27-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 1-sonli talabalar turar joyi oldida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan sumalak sayli bo‘lib o‘tdi.

Institut rektori Quvondiq Qodirov va rektorat vakillari, shuningdek, yoshi ulug‘ professor-o‘qituvchilar bayram saylida ishtirok etib, barchani ulusning ulug‘ kuni bilan tabrikladi.

Doshqozonlarda qaynayotgan bayram taomi – sumalak qaynatib, tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.