NukusDPIda Navro‘z sayillari ezgu niyatlar bilan boshlanmoqda

Bugun, 28-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ulusning ulug‘ kuni, sharq xalqlarining yosharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan sayillar erta tongdan boshlanmoqda.
Sayilda Navro‘z taomi bo‘lgan sumalak qaynatilgan doshqozonlar yoshi kata ustozlar boshchiligida ochilib, yaxshi niyatlar tilandi.
Shuningdek, institut jamoasi, talaba-yoshlari va sayil mehmonlari uchun bayram taomlarini tayyorlashga kirishildi.
Institutda Navro‘z bayrami teatrlashtirilgan musiqiy-xoreografik konsert dasturi va xalq sayillari bilan davom etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
