NukusDPI jamoasi va talaba-yoshlari do‘stlik konsertida faol ishtirok etdi

Bugun, 31-mart kuni poytaxtimiz Nukus shahridagi «Do‘stlik» kanali bo‘yida ko‘p millatli mamlakatimizda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, totuvlik va og‘zibirchilikni tarannum etishga bag‘ishlangan konsert dasturi va xalq sayli bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda yurtimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bayram tadbirida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining iqtidorli talaba-yoshlari ijrosidagi konsert dasturi xalqimizga bayramona kayfiyat ulashdi.

NukusDPI matbuot xizmati.