Ellikqal’a pedagogika fakulteti talaba-yoshlari tuman hokimiga o‘z takliflarini bildirdi

Ellikqal’a tumani hokimi Valijon Niyazimbetov “Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida tumanning faol yoshlari bilan uchrashdi.

Tadbirda ta’lim, tadbirkorlik va zamonaviy kasblar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika fakulteti talaba-yoshlari ham ishtirok etib, tuman hokimiga o‘z takliflarini bildirdi.

Xususan, yoshlar startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy o‘quv markazi tashkil etish bo‘yicha g‘oyalarini amalga oshirish uchun tuman hokimidan amaliy yordam so‘radi.

Hokim yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, ularning g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish uchun tegishli yordam berilishini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan yoshlar qatorida fakultet talaba-yoshlari ham tuman hokimligi tomonidan rag‘batlantirildi.