NukusDPI faol yoshlari uchun Buxoroga sayohat tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va talabalar kengashi a’zolari, faol yoshlar uchun tarixiy Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.
Institut rektorati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoat shartnomasi bandlari ijrosini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning madaniy hordiq chiqarishini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan sayohat davomida talaba-yoshlar tarixiy-me’moriy obidalar, qadamjolar bilan tanishdi.
Sayohat ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.
