Breyn-ring intellektual o‘yini bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0x7ab4f024
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning bilimini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va o‘zaro do‘stona muhitda tajriba almashish maqsadida Breyn-ring intellektual o‘yini bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada institutning barcha fakultetlaridan jami 12 ta jamoa ishtirok etib, yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Intellektual o‘yin juda qizg‘in va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Musobaqa yakunida:
1-o‘rin – Fizika-matematika fakultetining “Alfa”;
2-o‘rin – Boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Primary”;
3-o‘rin – Tarix fakultetining “Shejire” jamoalariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0x7fdc7299

Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0x6359dcbc

Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0xf5db934f