NukusDPIning yangi qurib bitkazilgan 3-sonli talabalar turar joyining sharoitlari qanday?

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining yangi qurib bitkazilgan 3-sonli talabalar turar joyi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, yoshlarning talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Talabalar turar joyi qurilishi uchun institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 23 milliard 704 million so‘m mablag‘ ajratildi va qurilish ishlari sifatli ravishda yuqori darajada olib borildi.
Bu yerda talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Xususan, axborot-resurs va IT markazlari, xorijiy tillarni o‘rganish va tikuvchilik to‘garaklari, shaxmat klubi, ma’naviyat xonalari yoshlarning bilim va qobiliyatlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ham maxsus xonalar ajratilib, zarur qulayliklar yaratilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
