Xushxabar! NukusDPI Ellikqal’a pedagogika fakulteti talabasi Osiyo kubogi musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 8-11-aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida Taekwondo (ITF) bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika fakultetining 2-kurs talabasi Adhambek Madrimov 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Institutimiz talabasi Adhambekning xalqaro musobaqada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz.
