Talabalar dala amaliyotida

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika va Ellikqal’a pedagogika fakultetlari tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalari institut atrofi hamda poytaxtimiz Nukus shahrining jamoat dam olish maskanlarida ustozlari rahbarligida dala amaliyotini olib bormoqda.
Talaba-yoshlarning navbatdagi manzili buyuk ajdodimiz Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining haykali joylashgan istirohat maydoni bo‘lib, bu yerda talaba-yoshlar ustozlaridan o‘rgangan nazariy bilimlarni amaliyot davomida mustahkamladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
