15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni

Assalomu alaykum, yurtimizning madaniyat va san’at sohalarida faoliyat olib borayotgan fidoyi ijodkorlar!
Sizlarni va sizlar orqali barcha soha vakillarini 15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
15-aprel kunini dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori mamlakatimizda ham 2021-yildan buyon “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” sifatida keng nishonlash an’anaga aylanmoqda.
Institutimizda musiqiy ta’lim, shuningdek, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida, shuningdek, magistratura mutaxassisliklarida yurtimizning madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, uning jahon miqyosidagi nufuzini oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar, ustoz-pedagoglar yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Albatta, shunday ustozlardan ta’lim olgan yoshlarimiz o‘z iste’dodi bilan xalqimizning qalb to‘ridan joy olib, jamiyatimizga kerakli mutaxassislar, san’atkorlar bo‘lib yetishmoqda.
Sizlarni yana bir bor bugungi bayramingiz bilan tabriklab, mustahkam sog‘liq, ijodiy ishlaringizga muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga omonlik, qut-baraka, rizq-nasiba va omonlik tilaymiz!
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining rektorati va mehnat jamoasi.