Talabalar bahori: NukusDPIda talaba-yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Erkak talabalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada yoshlar sport maydonchasida o‘z mahoratlarini namoyish etish bilan birga o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamladi.

Institutda “Talabalar bahori” festivali ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.