Talabalar bahori: Yoshlarni kitobxonlikka yo‘naltiradigan tanlov bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

“Kitobxon talaba” tanlovi bilimga chanqoq, kitobxon yoshlar uchun o‘z bilimlarini namoyish etadigan haqiqiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Festival doirasida tashkil etilgan shu nomdagi tanlovda institut talaba-yoshlari o‘zlari o‘qigan kitoblar haqida ma’lumotlar berib, kitoblarning hayotimizdagi ahamiyati haqida fikr almashdi.

Institutda “Talabalar bahori” festivali ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.