Talabalar bahori: “Yulduzli kino” loyihasida yoshlar madaniy hordiq chiqardi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Festivalning “Yulduzli kino” loyihasida institutning talabalar turar joyida yashovchi yoshlari va boshqa talabalarning madaniy dam olishini ta’minlash maqsadida badiiy film premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Institutda “Talabalar bahori” festivali ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
