Talabalar bahori: “Talaba FEST” madaniy-ko‘ngilochar dasturi va diskoteka tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Festival doirasida institutning 1-sonli talabalar turar joyi oldida yoshlar ishtirokida “Talaba FEST” madaniy-ko‘ngilochar dasturi va diskoteka bo‘lib o‘tdi.
Institutda “Talabalar bahori” festivali ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
