Xushxabar! Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi WORKOUT bo‘yicha «Universiada-2025» sport musobaqalarining g‘olibi bo‘ldi

Joriy yilning 22-23-aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida sportning WORKOUT turi bo‘yicha «Universiada-2025» sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tuzilgan terma jamoalar ishtirok etdi.

Quvonarlisi, erkak talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi barcha raqiblariga nisbatan yuqori tayyorgarlik bilan kelganini ko‘rsatib, 1-o‘rinni egalladi va «Universiada-2025» sport musobaqalarining g‘olibi bo‘ldi.

Talaba qizlarimizdan tuzilgan terma jamoamiz a’zolari sport musobaqalarida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining sportchi talaba-yoshlaridan tuzilgan.

Sportchilarni musobaqaga Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti Duysenbay Karimov tayyorladi.

NukusDPI matbuot xizmati.