“Kitobxonlik haftaligi”da jadidchilik harakati namoyandalarining merosi haqida ma’lumot berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida jadidchilik harakati vakillari bo‘lgan ziyoli ajdodlarimizning hayoti va ijodi haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.
Tadbirni markaz direktori Gulayim Jiyemuratova boshqarib bordi.
Markazning axborot-kutubxona resurslarini to‘ldirish, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Maxsud Ergashev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, institutning qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti Allayar Darmenovlar jadidchilik harakatining vujudga kelishi, ziyoli ajdodlarimizning ijodiy merosi, hayot yo‘li haqida ma’ruzalar qildi.
Tadbir Chet tillari, Turkiy tillar va Pedagogika fakultetlarining iqtidorli talabalari ijrosidagi badiiy-adabiy bo‘lim bilan davom etdi.
Kecha yakunida markaz bo‘lim boshlig‘i Baxitgul To‘reyeva faol ishtirok etganlarga minnatdorlik bildirdi. Ularga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
