NukusDPI talabasi Nurkeldi Turg‘anbayev qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faxrli o‘rinni egalladi

Shu yilning 20-25-aprel kunlari oralig‘ida Jizzax shahrida sportning qilichbozlik turi bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida (U23) O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs talabasi Nurkeldi Turg‘anbayev faxrli 3-o‘rinni egalladi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, u yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida bir necha bor g‘olib bo‘lgan edi.

O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Nurkeldi Turg‘anbayevni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan institutimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.