Talabalar bahori: NukusDPIda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Erkin fikrlaydigan, o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan, hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy voqealarni tizimli ravishda tahlil qilib, mantiqiy fikrlaydigan, mohirona bahs yuritadigan yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Talabalar bahori” festivali doirasida bugun, 25-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Munozara” intellektual o‘yinida jamoalar tasdiqlovchi va inkor pozitsiyalarida turli mavzular bo‘yicha o‘yin o‘tkazib, o‘z bilim va ko‘nikmalari hamda notiqlik mahoratlarini namoyish etishga harakat qildi.

Juda qizg‘in tarzda o‘tgan o‘yin yakunida:

1-o‘rinni – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining “Kelajak yoshlari” jamoasi;

2-o‘rinni – Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “MedLider” jamoasi;

3-o‘rinni – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi egalladi.

NukusDPI matbuot xizmati.