“Kitobxonlik haftaligi” doirasida madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida madaniyat va san’at sohasining fidoyi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining vokal artistlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Jumagul Sag‘indiqova va “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi Gulsara Jumaniyazova, shuningdek, axborot-resurs markazi mutaxassis xodimlari, Chet tillari fakulteti jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Qarjaubay Reymov so‘zga chiqib, haftalik doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar va ularning ahamiyati haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda san’at sohasi vakillari bo‘lgan mehmonlar ijodiy ishlari, hayot yo‘llari va madaniyat sohasidagi ustozlari haqida so‘zlab berdi.
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Uchrashuv institutning iqtidorli talabalari ijrosidagi sahna ko‘rinishlari va badiiy-adabiy bo‘lim bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
