Respublika ishchi guruhi a’zolarining o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tegishli o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bosh mutaxassisi Matluba Eshpo‘latova hamda Buxoro davlat pedagogika instituti matematika va informatika kafedrasi dotsenti Anvarjon Rashidovdan iborat Respublika ishchi guruhi a’zolari institutning axborot-resurs markazida bo‘lib, tegishli mas’ullar bilan suhbatlashdi hamda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan institutda o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish hamda amaldagi o‘quv dasturlariga kiritilgan asosiy o‘quv adabiyotlarining holati, nashr rejalarning bajarilishi, o‘quv adabiyotlarini nashr etish uchun ichki imkoniyatdan mablag‘lar ajratilganligi, adabiyotlarning davriylik ko‘rsatkichlari yangilanganligi shuningdek, ularning axborot-resurs markazida bosma va elektron shakllari mavjudligi, mualliflarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinganligi, yangilangan ta’lim klassifikatoriga muvofiq fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati, axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish holatlari o‘rganib chiqilmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.