NukusDPI talabalari ommaviy yugurish marafonida faol ishtirok etdi

Bugun, 11-may kuni poytaxtimiz Nukus shahrida “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” doirasida ekologik va xayriya yo‘nalishidagi ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.

Ushbu musobaqalar “Eco Save Aral – 2025”, “Talaba – yugur”, “O‘quvchi – yugur” hamda “Inson uchun” shiorlari ostida o‘tkazildi.

“Talaba – yugur” marafonida respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlaridan, jumladan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining ko‘plab talabalari ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa yakunida institutimizning Jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs talabasi Azamat Orazbayev faxrli 2-o‘rin, qizlar o‘rtasida ushbu fakultetning 2-kurs talabasi Ejemaya Bazarbayeva 1-o‘rin, 3-kurs talabasi Dildora Ashirbayeva esa faxrli 2-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.