Institutda «Kelajakka qadam» markazini tashkil etish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida “Kelajakka qadam” markazini ochish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

“O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati bosh ofisidan Firdavs Akmalov hamda mazkur bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining mas’ul mutaxassislari tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish niyatida bo‘lgan institutning bitiruvchi kurs talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihaga yetkazish jarayonida to‘liq hamkorlik va qulay shartlarda moliyalashtirish, sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladigan markazning kelgusi faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilinib, tegishli koʻrsatmalar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.