Kurash bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kurash bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasining institut bosqichi o‘tkazildi.
Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada institut fakultetlarida tahsil olayotgan polvon talabalar ishtirok etdi.
66, 73 va +81 kilogramm vazn toifalari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa juda qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi.
Musobaqa yakunida 66 kilogramm vazn toifasida:
1-o‘rin – N.Yerkinbayev (Jismoniy madaniyat);
2-o‘rin – Q.Shodiev (Tarix);
3-o‘rin – Sh.Tazabayev (Jismoniy madaniyat) va B.Dauranbayev (Jismoniy madaniyat);
73 kilogramm vaznda:
1-o‘rin – Q.Abatov (Jismoniy madaniyat);
2-o‘rin – T.Mirzayev (Jismoniy madaniyat);
3-o‘rin – T.Qunnazarov (Jismoniy madaniyat) va S.Berdibayev (Turkiy tillar);
+81 kilogramm vazn toifasida:
1-o‘rin – F.Taumuratov (Jismoniy madaniyat);
2-o‘rin – B.Masharipov (Jismoniy madaniyat);
3-o‘rin – R.Yusupov (Tarix) va A.Ong‘arbayev (Jismoniy madaniyat)larga nasib qildi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari institut sport klubi tomonidan taqdirlandi.
G‘olib talabalar “Vazir kubogi” sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
