NukusDPI delegatsiyasi O‘zbekiston – Rossiya hududlararo oliygohlar rektorlari konferensiyasida ishtirok etmoqda

Bugun, 22-may kuni Namangan davlat universitetida muhim xalqaro tadbir – O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliygohlar rektorlarining konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur konferensiya ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot aloqalarini kengaytirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha istiqboldagi rejalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Konferensiyaning yalpi majlisida ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, soha mutaxassislari va rasmiy delegatsiyalar qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Quvondiq Qodirov rahbarligidagi institut delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish, ilm-fan, ta’lim, innovatsiya va kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.