NukusDPIda «Kelajakka qadam» markazi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida «Kelajakka qadam» markazi tashkil etildi.

Registrator ofisi xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Bekmurat To‘lepov Chet tillari fakultetining bitiruvchi kurs talabalariga “Kelajakka qadam” dasturining mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi hamda markaz faoliyati bilan tanishtirdi.

Ushbu markazda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish niyatida bo‘lgan institutning bitiruvchi kurs talabalari biznes g‘oyani tayyor loyihaga yetkazish jarayonida to‘liq hamkorlik va qulay shartlarda moliyalashtirish, sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish kabi masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishi mumkin.

«O‘zmilliybank» aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasining «Kelajakka qadam» markaziga biriktirilgan mutaxassislari tomonidan ularga amaliy yordam beriladi.

NukusDPI matbuot xizmati.