NukusDPI talabalari armrestling bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida yuqori natijalarga erishdi

Poytaxtimiz Nukus shahrida sportning armrestling turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining talaba-qizlari ham ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

Xususan, 70 kilogramm vaznda O‘g‘iloy Bobojonova o‘ng qo‘lda 2-o‘rin, chap qo‘lda 3-o‘rin, 60+ kilogramm vazn toifasida Shohista Otaboyeva o‘ng qo‘lda 2-o‘rin, chap qo‘lda 2-o‘rin, 60 kilogramm vaznda Rzabiyke Muratbayeva o‘ng qo‘lda 2-o‘rin, 50 kilogramm vazn toifasida Sevinch Reyimbayeva o‘ng qo‘lda 3-o‘rinni egalladi.

Mamlakat birinchiligida faxrli o‘rinlarni egallagan talabalarimiz diplom, medal va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Talabalarning qo‘lga kiritgan yutuqlari institut jamoasini katta xursandchilikka bo‘ladi. Fakultet dekanati vakillari ularni tabriklab, kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerak, sportchi talabalarni musobaqaga dotsent Duysenbay Karimov tayyorladi.

NukusDPI matbuot xizmati.