NukusDPI talabasi Dildora Ashirbayeva “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika bosqichida ikkita medalni qo‘lga kiritdi

Andijon viloyatida yengil atletika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Dildora Ashirbayeva 60 metrga yugurish bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egallab, dastlabki bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shu bilan birga, 200 metrga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ham marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tib, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichining ikkita bronza medali sohibiga aylandi.

Institut jamoasi nomidan institutimiz talabasi Dildora Ashirbayevani qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.